Bu — shunchaki yangi xizmatlar emas, bu — inson hayotiga bo‘lgan yondashuvning o‘zgarishi
1. Erta yordam tizimi joriy etiladi
2026-yil 1-iyunga qadar “Erta aralashuv” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Bu orqali bolalarda rivojlanishdagi muammolar erta aniqlanadi va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatiladi.
Yordam muammo kuchaygandan keyin emas, balki boshida boshlanadi.
2. Yangi ijtimoiy xizmatlar joriy etiladi
Yangi xizmatlar bosqichma-bosqich joriy etiladi
2026-yil 1-iyunga qadar:
“Yangi kun” — kunduzgi qarab turish xizmati
2026-yil 1-sentabrga qadar:
Uyda qarab turish xizmati (shu jumladan uzoq muddat parvarishga muhtoj bolalar uchun)
2026-yil 1-oktabrga qadar:
“Madad” uylari — kichik hajmli, oilaga yaqin yashash shakli
2026-yil 1-noyabrga qadar:
“Ijtimoiy ta’til” — qisqa muddatli joylashtirish xizmati (yiliga 1 marta, 2 haftagacha)
Bu orqali yordam endi muassasada emas, inson yashayotgan joyga keladi
3. Oilalar qo‘llab-quvvatlanadi
2026-yil 1-sentabrdan boshlab parvarish qilayotgan shaxslarga har oy nafaqa to‘lanadi.
Parvarish — bu faqat mas’uliyat emas, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan mehnat
4. Tizim insonparvar yondashuvga o‘tadi
“Muruvvat” internat uylari “G‘amxo‘rlik” markazlariga aylantiriladi.
Bu yerda reabilitatsiya, ijtimoiy moslashuv va mustaqil hayotga tayyorlash xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.
Maqsad — insonni ajratish emas, uni jamiyatga qaytarish.
5. Davlat va nodavlat sektor hamkorligi kengayadi
Ijtimoiy xizmatlarga nodavlat sektor va tadbirkorlar keng jalb etiladi.
Yordam faqat davlat emas, balki butun jamiyat ishtirokida ko‘rsatiladi.
Endi tizim:
✔️ insonni ajratmaydi, balki jamiyatga olib kiradi
✔️ oilani yolg‘iz qoldirmaydi
✔️ va har bir inson uchun munosib hayot sharoitini yaratadi